
Tuxel "Siti" futbolchisini "Bavariya"ga o‘tishga ko‘ndirdi
"Bavariya" Kayl Uokerni sotib olish ustida ishlamoqda. Jurnalist Florian Plettenbergga ko‘ra, muzokaralar yakuniy bosqichda.
Angliyalik himoyachi «Manchester Siti»ni tark etib, Myunxen klubiga o‘tishga tayyor va bu transferda bosh murabbiy Tomas Tuxelning xizmatlari katta.
Hozircha klublar to‘liq kelishib olishmagan, biroq tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy ruhda davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, Uoker yakunlangan 2022/23 yilgi mavsumdda APLda jami 27 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar