
Tyuram "Inter" safida nechanchi raqamda o‘ynaydi?
Yaqindagina "Inter"ga kelib qo‘shilgan Markos Tyuram klubda 9-raqamda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, mazkur raqam Edin Jekoga tegishli edi. U klub bilan xayrlashib, "Fenerbaxche" futbolchisiga aylandi.
Tyuram "Borussiya Myunxengladbax" bilan shartnomasini uzaytirmadi va erkin agent sifatida milanliklar safiga kelib qo‘shildi. U klub bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishib olgan.
Fikrlar