U-17 Jahon chempionati. O‘zbekiston necha marta pley-offga chiqqan?

  • 11.11.2025 22:28
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, Qatar mamlakatida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Jahon chempionati davom etmoqda.

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi “J” guruhida ishtirok etib, 2-o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, vakillarimiz o‘z tarixida to‘rtinchi marta guruh bosqichidan chiqishni uddaladi.

Ma’lumot uchun, o‘smirlarimiz 2011 yil (Meksika) va 2023 yilgi (Indoneziya) musobaqalarda chorak finalgacha etib borgan. 2013 yil Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tgan mundialda esa 1/8 final bosqichida ishtirokini yakunlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!