U-17 JCh. Braziliya kichik kambek amalga oshirib, penaltilar seriyasida g‘alabani ilib ketdi
O‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan Jahon chempionatining pley-off bosqichidan o‘rin olgan yana bir markaziy to‘qnashuv ham yakunlandi.
Ushbu bellashuvda Braziliya terma jamoasi Frantsiya bilan to‘qnash kelib, penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi (4:3).
Dastlab, o‘yinning 33-daqiqasida Remi Ximber Frantsiyani hisobda oldinga olib chiqdi. Bellashuvning 89-daqiqasida esa Petro Tavares hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lib, jamoasining mag‘lubiyatdan qutilib qolishiga sababchi bo‘ldi. Penaltilar seriyasida esa Braziliya terma jamoasi 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.
- World - U17 Jahon chempionati
- Nimchorak final
Brazil U17
- Pietro Tavares de Souza 89'
P.S.
1
:
1
18.11.2025 18:30
France U17
- Rémi Himbert 33'
Fikrlar