U-17 JCh. Bugun O‘zbekiston so‘nggi 3-turda Panamaga qarshi maydonga tushadi!

  • 11.11.2025 04:20
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Qatarda 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda. Bugun “J” guruhida ishtirok etayotgan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 3-tur doirasida Panamaga qarshi bahs olib boradi.

11 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar ro‘yxati:

“K” guruhi
Uganda U-17 — Frantsiya U-17 (17:30)
Chili U-17 — Kanada U-17 (17:30)

“J” guruhi
Irlandiya U-17 — Paragvay U-17 (18:30)
O‘zbekiston U-17 — Panama U-17 (18:30)

“I” guruhi
Chexiya U-17 — AQSh U-17 (19:45)
Burkina-Faso U-17 — Tojikiston U-17 (19:45)

“L” guruhi
Saudiya Arabistoni U-17 — Mali U-17 (20:45)

Yangi Zelandiya U-17 — Avstriya U-17 (20:45)

Hozirgi paytda Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoa 2-turdan so‘ng 3 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinda bormoqda. Bugungi raqibimiz esa guruhda so‘nggi pog‘onadan joy olgan.

Ma’lumot uchun, bahs Toshkent vaqti bilan 18:30da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!