U-17 Mundiallarida porlagan top-10 ta yulduz

  • 9 noyabr, 12:01
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shu kunlarda 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Biz esa kichik mundiallarda porlagan va keyingi faoliyati yorqin tarzda davom etgan top-10 ta futbolchilar haqida gaplashamiz.

Tecno

Birinchi o‘rin. Germaniya terma jamoasi bilan 2007 yilgi kichik mundial finalchisi va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Toni Kroos. Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan turnir davomida futbolchi 4 gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi. Keyinchalik Kroos "Bavariya" bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi. "Real" bilan esa butun futbolchilik faoliyatidagi eng yorqin davrlarini o‘tkazdi. "Qaymoqranglilar" bilan 5 marta Chempionlar ligasi kubogini boshi uzra baland ko‘tardi. 

Ikkinchi o‘rin. Sesk Fabregas. U Finlyandiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibligini va turnirning "Oltin to‘p"ini qo‘lga kiritdi. Ispaniyalik futbolchi milliy terma jamoa bilan Jahon va Evropa chempionatida g‘alaba qozongan.  Faoliyati davomida "Arsenal", "Barselona" va " Chelsi" kabi grand klublarda to‘p tepgan. Hozirda esa "Komo" jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.

Uchinchi o‘rin. Angliya terma jamoasi vakili Fil Foden. 2017 yil Osiyo qit’asida bo‘lib o‘tgan o‘smirlar Mundialida 4 gol urib 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi, Bundan tashqari turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Foden terma jamoasi bilan musobaqaning bronza medallarini  qo‘lga kiritgan. Hozirgacha "Manchester Siti" safida to‘p tepib kelayotgan iqtidor "shaharliklar" bilan Angliya Premer-ligasi va Evropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi. 

To‘rtinchi o‘rin. "Galatasaroy" etakchi Viktor Osimxen. 2015 yil Chilida o‘tkazilgan Jahon chempionatida Nigeriya terma jamoasi bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari 17 yoshli forvard turnir davomida 10 gol urib, musobaqaning "Oltin butsa"si sohibiga aylandi. Mundialdan so‘ng bir qator to‘p jamoalar uni jiddiy kuzatib bordi. Osimxen o‘zining gullagan vaqtini "Napoli" safida o‘tkazdi. Neapolliklar bilan A Seriyada zafar quchdi. Hozirda esa Istanbulning " Galatasaroy" jamoasida to‘p tepmoqda. 

Beshinchi o‘rin. Yana bir Nigeriya terma jamoasi hujumchisi Kelechi Ixeanacho. Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan mundialning eng yorqin futbolchisi. Turnirning eng yaxshi futbolchisi. Musobaqa davomida o‘z hisobiga 6 ta gol va 7 ta assistni yozdirib qo‘ygan futbolchi, keyinchalik "Manchester Siti" skautlari nazariga tushgan edi. Bundan tashqari "Lester"da ham etakchilardan biriga aylangan edi.

Oltinchi  o‘rin. "Manchester Siti" afsonalaridan biri David Silva. Ispaniya terma jamoasi bilan 2003 yilgi mundialda eng yorqin futbolchilaridan biri sifatida muxlislar yodida qolgan edi. Musobaqada 4 gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgandi. Keyinchalik milliy terma jamoa bilan 2 marta Evropa chempionatida va bir marotaba Jahon chempionatida g‘alaba qozongan. Bundan tashqari, "Manchester Siti" klubining etakchilaridan biriga aylangan edi.

Ettinchi o‘rin. Kelechi Nvakali. Viktor Osimxen to‘purar bo‘lgan turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Nvakali, musobaqada mobaynida 3 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan edi. Jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng Londonning "Arsenal" klubi bilan shartnoma imzolagan edi.

Sakkizinchi o‘rin. Braziliya terma jamoasi vakili Anderson. Peruda o‘tkazilgan Jahon chempionati qaxramonlaridan biri, kichik mundialda 5 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan Anderson, 3 yildan so‘ng eng yaxshi yosh futbolchiga beriladigan "Golden Boy" sovrinini ham qo‘lga kiritadi. "Manchester Yunayted" bilan birga Evropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylanadi.

To‘qqizinchi o‘rin. Lendon Donovan. AQSh terma jamoasi afsonasi va MLSning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Donovan 1999 yilda Yangi Zelandiya maydonlarida bo‘lib o‘tgan turnirda terma jamoasi bilan kumush medallariga ega chiqdi. Musobaqaning eng yorkin futbolchilaridan biri bo‘lib, to‘p jamoalar nazariga tushgan edi. Lendon ushbu yirik turnirda 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.

O‘ninchi o‘rinda. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi Amirbek Saidov. Hamyurtimiz o‘tgan mundialda yorqin o‘yinlar namoyish etdi. Ispaniya va Kanadaga qarshi kechgan uchrashuvlarda uning gollari muxim ochkolar taqdim etgan edi. Jahon chempionatidan so‘ng bir qator yirik klublar uning o‘yinlarini kuzata boshlagan edi.

Qatarda o‘tkazilayotgan Jahon chempionatida ham bir qancha yangi nomlarni ko‘rishimiz mumkin. Ayniqsa, Braziliya, Germaniya, Frantsiya kabi yulduzlar vatanining o‘smirlari, mundial yakunidan so‘ng, katta klublarda ko‘rining bersa ajab emas.

 

Ulug‘bek Xoshimov

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!