U-17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston yirik hisobda Hindistonni mag‘lub etib, Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Saudiya Arabistoni 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qilmoqda. “B” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Hindistonga qarshi bahs olib bordi.
Mazkur bellashuvda vakillarimiz yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab Laziz Abduraymov penaltini aniq amalga oshirib hisobni ochdi. 61-daqiqada Mirkomil Murodovning burchakdan uzatgan to‘pi raqib futbolchisi tomonidan o‘z darvozasiga yo‘naltirildi. Shuningdek, Ahror Ravshanbekov ham o‘z nomini tabloga yozdirib, hisobni yiriklashtirdi — 3:0.
Shu tariqa, Sergey Chigodaev shogirdlari muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi va Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
- Osiyo - OFK U17 Osiyo kubogi
- Guruh bosqichi
India U17
Tugadi
0
:
3
10.05.2026 22:00
Uzbekistan U17
- Laziz Abduraimov 32'
- Wangkhem Denny Singh 61'
- Akhrorbek Ravshanbekov 79'

Fikrlar