U-17 Osiyo kubogi. Yarim final juftliklari bilan tanishing
Saudiya Arabistoni 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qilmoqda.
Mazkur turnirda chorak final bosqichi o‘z yakuniga yetdi va ushbu bosqichda g‘alaba qozongan jamoalar ishtirokini davom ettiradi. Jumladan, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ham Janubiy Koreyani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi.
Sergey Chigodaev shogirdlari mazkur bosqichda Yaponiya qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 19 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.
Quyida barcha yarim final juftliklari bilan tanishing:
O‘zbekiston — Yaponiya
Avstraliya — Xitoy

Fikrlar