U-17 Osiyo kubogi. Yarim finalning ikki ishtirokchisi aniqlandi
Saudiya Arabistoni 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qilmoqda.
Turnirning chorak finalidan o‘rin olgan ikki uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Yaponiya bir kishi kam bo‘lib qolgan Tojikistonni yirik 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni Xitoyga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi.
Shu tariqa, Yaponiya va Xitoy yarim finalga yo‘l oldi.
Ushbu bosqichning qolgan juftliklarida O‘zbekiston — Janubiy Koreya hamda Vyetnam — Avstraliya jamoalari o‘rtasida bahslar o‘tkaziladi.

Fikrlar