
U-23 Osiyo chempionati. O‘zbekiston OTJ g‘alabani boy berdi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Tailanddagi yurishini boshlamoqda. Terma jamoamiz xabaringiz bor, Eron OTJga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Ushbu bahsni siz saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Tailandning Songxla shahridan reportajimizni boshlaymiz.
Futbolchilar o‘yindan oldingi mashg‘ulotlarini o‘tkazib bo‘lishdi va kiyim almashtirish xonasiga kirib ketishdi.
Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi. Navbati bilan davlatlarning madhiyalari yangradi.
Jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari bilan tanishing:
O‘yin boshlandi. Uchrashuv yakunlanganda g‘alaba muborak deyish nasib etsin.
2-daqiqa. Hamyurtlarimiz maydon markazida to‘p oldirib qo‘yishdi. Bu esa eronliklarga qo‘l keldi. Natijada raqibimiz darvoza tomon birinchi bo‘lib zarba berdi. Yaxshiyamki noaniq.
4-daqiqa. Davrvozabonimiz to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Yana bir xavfli vaziyat. Bu safar ham omad biz tomonda.
6-daqiqa. Hozircha tashabbus eronliklar tomonda. Ular to‘pni ko‘proq o‘zlarida ushlab turipti. O‘ylaymizki, bu vaqtinchalik holat bo‘ladi va vakillarimiz munosib qarshilik ko‘rsatishadi.
10-daqiqa. Jasurbek Yaxshiboev to‘pni o‘zida ko‘p vaqt ushlab qolmoqda. Uning harakatlarini esa raqiblar oldindan o‘qiy olishmoqda va chora ko‘rishyapti. Eronliklar unda qiyinchiliksiz to‘pni olib qo‘yishmoqda.
11-daqiqa. Hojiakbar Alijonov markazda raqibga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.
13-daqiqa. Futbolchilarimiz o‘zlariga umuman o‘xshashmayapti. o‘zaro bog‘liqlik ko‘rinmayapti. Bu esa raqibga qo‘l kelib, hujumlar uyushtirmoqda.
15-daqiqa. Vanihoyat zarba berdik. Azizjon G‘aniev charima maydoni tashqarisidan darvozaga zarba berdi. Ammo biroz noaniq.
19-daqiqa. Nurillo To‘xtasinovni juda qo‘pol tarzda yiqitgani uchun Eronning 23-raqamdagi futbolchisi Aref Aghasi ogohlantirildi.
22-daqiqa. Taym o‘rtasiga kelib vakillarimiz jonlanishdi, to‘p nazoratiga ega bo‘lishmoqda.
24-daqiqa. Ali Shojai qanotdan oshirilgan to‘pni deyarli bo‘sh qolgan darvozamizga yo‘llay olmadi. Rahmat Shojai.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu o‘yinning videotranslyatsiyasini siz saytimiz orqali quyidagi havolada tomosha qilishingiz mumkin.
29-daqiqa. Jasurbek Yaxshiboev o‘ng qanotdan to‘pni sheriklariga oshirib berayotganida raqib himoyachisi havfni bartaraf etdi.
34-daqiqa. Jamoalar biroz tempni tushurishdi.
38-daqiqa. Penaltiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiii. Bizning foydamizga. Bobir Abdixoliqov jarima maydonida yiqitildi. Hakam penalti belgiladi.
40-daqiqa. Goooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooolllllllllllllllll.
Penaltidan to‘pni Islomjon Qobilov darvozaga kiritdi.
44-daqiqa. Uxxxxxxxxxxxxxxxxxxxx. Jarima maydonimizda raqib futbolchilari juda qulay imkoniyatni boy berishdi. Yana omad bizga kulib boqdi.
45-daqiqa. Birinchi bo‘limga 3 daqiqa vaqt qo‘shib berildi.
45+3-daqiqa. Birinchi taym yakunlandi. Hisob 1:0 bizning foydamizga.
46-daqiqa. Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
Eronliklar taym boshini hujum bilan boshlashdi. Darvozabonimiz qiyin vaziyat bo‘lishiga qaramay o‘zini ayamadi. Posponimiz jarohat oldi. Biroq u o‘yinni davom ettira olishini ko‘rsatdi.
51-daqiqa. Eron taymni yaxshi boshladi. Xuddi birinchi bo‘limdagidek.
54-daqiqa. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Mehdi Gaedi ancha faol. U qarshisidagi himoyachimizga ancha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Yaxshiyamki futbolchilarimiz unga oxirgi pallada zarba berishga imkoniyat qoldirishmayapti.
58-daqiqa. Gol. Rizo Dehkhani jarima maydoni ichida ketma-ket zarbalardan so‘ng darvozamizni ishg‘ol qildi.
64-daqiqa. Eron to‘xtamayapti. Hujum ketidan hujum. Biznikilar nima uchundir uyg‘onishmayapti. Yaxshiyamki, raqib futbolchilari faqatgina bitta vaziyatdan foydalanishdi.
67-daqiqa. Nurillo To‘xtasinov o‘rniga Oybek Bozorov maydonga tushdi.
71-daqiqa. Ustunlik raqib tomonda. Biznikilar oldinga o‘tishda qiynalishmoqda.
77-daqiqa. Uchrashuvni 4184 tomoshabin bevosita stadiondan kuzatib bormoqda.
82-daqiqa. Xavfli vaziyat... Oybek Bozorov yaqin masofadan gol ura olmadi. U tepgan to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi.
85-daqiqa. Sanjar Qodirqulov o‘rniga Islom Kejaboev maydonga tushdi.
89-daqiqa. Eronlik futbolchi maydonda yotipti. Aftidan bu vaqt cho‘zish. Chunki terma jamoamiz oxirgi daqiqalarda tempni oshirishga urinayotgandi.
90-daqiqa. Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shildi.
90+5-daqiqa. Uchrashuv yakunlandi. Olimpiya terma jamoamiz g‘alabani boy berdi.
O‘zbekiston – Eron 1:1
Gollar: Islomjon Qobilov penalti 40 – Rizo Dehkhani 58
Fikrlar