U-23 Osiyo kubogi. 3-o‘rin egasi aniq bo‘ldi
Saudiya Arabistoni mezbonligida o'tayotgan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogida 3-o'rin uchun bahs yakunlandi.
Bronza medali uchun Vyetnam va Janubiy Koreya terma jamoalari o'zaro kurash olib bordi. Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlangan bo'lsa, penaltilar seriyasida Vyetnam jamoasi 7:6 hisobida g'alaba qozondi.
Final uchrashuvi 24 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Bosh sovrin uchun Yaponiya va Xitoy terma jamoalari maydonga tushadi.
Fikrlar