U-23 Osiyo kubogi. Bugun Oʻzbekiston musobaqadagi ilk oʻyinini oʻtkazadi!
Saudiya Arabistoni 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qilmoqda. Bugun O‘zbekiston U-21 terma jamoasi musobaqadagi ilk o‘yinni o‘tkazadi.
"B" guruhidan o‘rin olgan Ravshan Haydarov shogirdlari dastlabki turda Livan terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv soat 19:00'da start oladi.
Guruhning ikkinchi bahsida esa Janubiy Koreya va Eron terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.
Bugungi uchrashuvlar ro‘yxati:
16:30 — Yaponiya — Suriya
16:30 — Janubiy Koreya — Eron
19:00 — O‘zbekiston — Livan
21:30 — Qatar — BAA
Fikrlar