U-23 Osiyo kubogi. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Eron bilan to‘qnash keladi.

  • 10.01.2026 09:54
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi davom etmoqda.

"B" guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston U-21 terma jamoasi bugun ikkinchi tur doirasida Eron terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Vakillarimiz dastlabki turda Livanni mag‘lub etgan bo‘lsa, Eron Janubiy Koreya bilan durang qayd etdi. Ayni paytda Ravshan Haydarov shogirdlari 3 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilmoqda.

Agar jamoamiz bugungi uchrashuvda g‘alaba qo‘zonsa, muddatidan avval pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

Ma’lumot uchun, bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!