U-23 Osiyo kubogi. Janubiy Koreya yarim finalning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi
Saudiya Arabistonida o‘tkazilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogining chorak finalidan o‘rin olgan navbatdagi bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Guruh bosqichida O‘zbekiston terma jamoasiga 2:0 hisobida yengilgan Janubiy Koreya chorak finalda Avstraliyaning 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi. Jamoni bu bosqichda Yaponiya kutib turibdi.
Bellashuvning 21-daqiqasida Pek Ga-On hisobni ochdi, lekin ikkinchi bo‘limning 6-daqiqasida Luka Yovanovich muvozanatni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. G‘alaba golini esa 88-daqiqada Sin Min Xa kiritib, jamoasini yarim finalga olib chiqdi.
- Osiyo - AFC Championship U23
- Chorak final
Avstraliya
- Luka Jovanovic 52'
Tugadi
1
:
2
17.01.2026 20:30
J. Koreya
- Ga-on Baek 21'
- Min-ha Shin 88'

Fikrlar