U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston — Eron uchrashuvida ishlaydigan hakamlar bilan tanishing
Saudiya Arabistonida U-23 terma jamoalari oʻrtasida Osiyo kubogi oʻtkazilmoqda. Mazkur musobaqada Oʻzbekiston U-21 terma jamoasi "C" guruhidan joy olgan boʻlib, 2-turda Eronga qarshi bahs olib boradi.
Ushbu bellashuvni quvaytlik hakam boshchiligidagi brigada boshqarib boradi.
Bosh hakam: Abdullah M. M. H. M. H. Jamaliy (Quvayt)
Yordamchi hakamlar: Ali T. H. A. Jraq (Quvayt), Muhammad Jafar Muhammad Salmon (Bahrayn)
Toʻrtinchi hakam: Ammar Ibrohim Hasan Mahfuz (Bahrayn)
VAR hakam: Ketrin Margaret Yatseviсh (Avstraliya)
AVAR hakam: Abdullah M. E. A. H. Arab (Quvayt)
Zaxira hakam: Chia Eng Va Jon (Singapur)
Maʼlumot uchun, uchrashuv 10 yanvar kuni soat 19:00 da start oladi. Birinchi turda Ravshan Haydarov shogirdlari gʻalaba qozonib, turnir jadvalida 3 ochko bilan peshqadam boʻlib turibdi.
Fikrlar