U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston — Livan uchrashuvida faoliyat yuritadigan haqamlar bilan tanishing
Bugun Saudiya Arabistonida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi boshlanadi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston U-21 terma jamoasi “C” guruhidan joy olgan bo‘lib, Janubiy Koreya, Eron va Livanga qarshi bahs olib boradi.
Ravshan Haydarov shogirdlari ilk turda Livanga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bellashuvni malayziyalik haqam boshchiligidagi brigada boshqarib boradi.
Bosh haqam: Tuan Mohd Yasin bin Tuan Mohd Hanafiyah (Malayziya)
Yordamchi haqamlar: Muhammad Shafiq bin Ahmad Said (Malayziya), Bangbang Syamsudar (Indoneziya)
VAR haqam: Sivakorn Pu-Udom (Tayland)
AVAR haqam: Muhammad Obayd Hadim Muhammad (BAA)
Zaxira haqam: Ismoil Adnan Ismoil Alhafi (Iordaniya)
Ma’lumot uchun, uchrashuv 7 yanvar kuni soat 19:00da start oladi.
Fikrlar