U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston dastlabki g‘alaba qo‘zonib, guruh peshqadamga aylandi
Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogining guruh bosqichi uchrashuvlari davom etmoqda. "B" guruhdan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi birinchi turda Livanni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvning 24-daqiqasida Amirbek Saidov hisobni ochdi. Ikkinchi taymning dastlabki daqiqalarida esa Ravshan Xayrullaev oradagi farqni ikkiga oshirdi. 57-daqiqada esa Sardor Bahromov chiroyli gol kiritib, hisobni yirik 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. Ammo Livan futbolchisi Shahin Leonardo Fara ham o‘z hisobiga gol yozib, hisobni qisqartirdi. Shuningdek, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda livanliklar yana gol kiritishdi —3:2.
Shu tariqa, Ravshan Haydarov shogirdlari 3 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Guruhning ikkinchi uchrashuvi Janubiy Koreya va Eron o‘rtasida bo‘lib o‘tdi va ushbu bahsda hisob ochilmadi.
- Osiyo - AFC Championship U23
- Guruh bosqichi
O'zbekiston
- Amirbek Saidov 24'
- Ravshan Khayrullaev 50'
- Sardorbek Bakhromov 57'
07.01.2026 19:00
Lebanon U23
- Leonardo Farah Shahin 90'
- Leonardo Farah Shahin 66'
Fikrlar