U "Barselona"ga qaytmaydi
Frantsiyalik markaziy himoyachi Jan-Kler Todibo "Barselona"ga qaytmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Eurosport.fr nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchini yanvarda ijaraga olgan "Nitstsa" uning transferini to‘liq sotib olishga qaror qilgan. Bu esa frantsuz klubiga 8 million evroga tushadi.
Todibo mavsumning ikkinchi qismida “Nitstsa” safida 16 ta o‘yin o‘tkazdi va 1 ta golga mualliflik qildi.
"Barselona" Todiboni 2019 yilning yanvarida 1 million evroga sotib olgan edi. U o‘tgan davr mobaynida kataloniyaliklar safida bor yo‘g‘i 5 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar