U bir zarba bilan nomini tarixga muhrlagan edi

  • 08.10.2020 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chexiyaning “Bogemians” klubi prezidenti Antonin Panenka koronavirus tufayli og‘ir ahvolda reanimatsiyaga tushib qoldi.

“Og‘ir ahvoldagi Antonin Panenkani reanimatsiyaga olib, tibbiy uskunalarga ulab qo‘yishdi", - deyiladi klub bayonotida.

71 yoshli Panenko 1976 yilgi Evropa chempionatining finalida penaltilar seriyasida 11 metrlik belgidan o‘zgacha tarzda zarba yo‘llab, muxlislar va mutaxassislar diqqatini o‘ziga qaratgandi. O‘shanda Panenka darvoza markaziga “parashyut” usulida zarba yo‘llab, terma jamoasining oltin medalni qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shgan. Shundan buyon shu shakldagi 11 metrlik zarbalar “panenka”, deb nomlanadi.

Mashhur futbolchi o‘z davrida “Bogemians”,  “Rapid”,  “Sankt-Pyolten”,  “Slovan”, “Xoenau” va “Klyaynvizendorf” jamoalarida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!