U bizga keladi! “Manchester Siti” katta transferni yakunlayapti
“Manchester Siti” mutasaddilari Angliya Premier-ligasi to‘purarlaridan biri – “Bornmut” hujumchisi Antuan Semenyoni o‘z safiga qo‘shib olishni deyarli yakunladi.
Kuni kecha Sky Sports efirida Jeymi Rednapp o‘z insaydi bilan o‘rtoqlashib, “Liverpul” hali ham Semenyoni ilib ketishi mumkinligini aytgan edi.
Biroq The Athletic nashrining yozishicha, hech qanday kutilmagan o‘zgarish bo‘lmaydi va Semenyo faoliyatini “Siti”da davom ettiradi. Shu bilan birga, “shaharliklar” Antuanning shartnomasida ko‘rsatilgan to‘liq sotib olish bandini faollashtirmaydi.
“Siti” kelishuvni biroz boshqacha qildi. Unga ko‘ra, manchesterliklar “Bornmut”ga 62,5 million funt sterling miqdoridagi kompensatsiya hamda 1,5 million funt bonus to‘laydigan bo‘ldi.
Shuningdek, “Bornmut” Gana terma jamoasi o‘yinchisini keyingi transferidan 10 foiz ulush ham oladigan bo‘ldi.
Eri shilgan kelishuvda “Siti”ga butun to‘lovni darhol to‘lashga hojat qolmaydi. Semenyo uchun mablag‘ 24 oy davomida bosqichma-bosqich to‘lanadi.
Shu tariqa, joriy Premier-liga mavsumida 10 ta gol urib, 3 ta golli uzatma bergan Semenyo “Bornmut” tarixidagi eng qimmat sotuvga aylanadi.
Fikrlar