
U jamoadan tezda ket!
“Manchester Yunayted”ning sobiq sardor Rio Ferdinand “shaharliklar” tarkibida o‘rnini yo‘qotib borayotgan Jon Stounzga klubdan tezroq ketib, Angliya terma jamoasiga kirishga harakat qilish kerakligini aytdi.
- Stounz Angliya terma jamoasining asosiy himoyachisi edi. Hozir esa, navbatdagi Evropa chempionatiga chaqiruv olishi yoki tarkibdan chetda qolishini ham bilmaydi. Klubda u Nikolas Otamendi va Erik Garsiya bilan raqobatlasha olmayapti. Bunda vaziyatda jamoasini o‘zgartirish eng to‘g‘ri qaror bo‘ladi. Agar u markaziy himoyachi sifatida terma jamoadan chaqiruv olishni istasa, “Siti”da qolib, zaxirada o‘tirmasligi kerak, - dedi o‘zi markaziy himoyachi bo‘lgan Rio Ferdinand.
O‘z navbatida, Jon Stounz xizmatlariga “Chelsi”, “Everton”, “Nyukasl” va “Arsenal” jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar