U ketadimi? Mourino barcha mish-mishlarga ochiq javob berdi

  • 05.06.2022 11:43
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

OAVda "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinoning faoliyatini PSJda davom ettirishi haqida mish-mishlar tarqaldi.

Portugaliyalik mutaxassisning shaxsan o‘zi bu gap-so‘zlarga munosabat bildirdi: "Roma"ni yaxshi ko‘raman. Men mag‘lub bo‘lishni yoqtirmayman, ammo bu erda imkoniyatni boy bersam ham muxlislar meni yaxshi ko‘radi, hurman qiladi. Ular bilan munosabatlarimiz a’lo darajada. Klub va uning atrofidagi insonlar bilan ham barchasi joyida.

Hozircha, transfer bozorida nimalar qila olishimizni, kimlarni xarid qilishimizni bilmayman. Men bu er o‘zimga yoqqani uchungina "Roma"daman".

Ma’lumot uchun, 59 yoshli mutaxassis o‘tgan mavsum boshida rimliklar boshqaruviga kelib, debyutidayoq Evropa Konferentsiyalar ligasini yutishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!