U20 terma jamoamizning Jahon chempionatidagi ehtimoliy raqiblari kim? JCh qur’asi haqida batafsil

  • 14 mart, 2023, 00:18
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi kecha yurtimizda o‘tayotgan 20 yoshli futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati chorak finalida Avstraliyani mug‘lub etib (penaltilar seriyasida), jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Xabaringiz bor, ushbu yoshdagi jahon kubogi Indoneziyada bo‘lib o‘tadi. Turnirga qur’a tashlash marosimi esa 31 mart kuni ushbu mamlakatning Bali orolida o‘tkaziladi.

FIFA qur’adan oldin jamoalarni savatchalarga ajratishda o‘zgacha yo‘l tutishga qaror qildi: ishtirokchi mamlakatlarning ushbu yoshdagi terma jamoasining so‘nggi 5ta musobaqadagi natijalarini ball ko‘rinishida hisoblashga qaror qildi. Bunda o‘z qit’asida chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoalar (AQSh, Senegal, Angliya, Yangi Zelandiya, Braziliya va Osiyo chempioni) qo‘shimcha ballga ega bo‘ladi.

Ayni paytda ishtirokchi jamoalar to‘plagan ochkolar va savatchalar quyidagicha:

1 Savatcha

Indoneziya
Urugvay
AQSh
Frantsiya
Senegal
Italiya

2 Savatcha

Angliya
Janubiy Koreya
Yangi Zelandiya
Braziliya
Ekvador
Kolumbiya

3 Savatcha

Nigeriya
Yaponiya
O‘zbekiston
Iroq
Gonduras
Fidji

4 Savatcha

Gvatemala
Dominikan
Gambiya
Isroil
Slovakiya
Tunis

gozila

Ko‘rib turganingizdek, O‘zbekiston 3-savatchadan o‘rin oldi. Bu savatdagi Gonduras, Fiji va Gvatemala jamoalari guruhda bizga raqib bo‘lmaydi.

ofqovfq

Qur’ada 24 jamoa 6 guruhga bo‘linadi. Bir qit’a vakillari bir guruhdan o‘rin olmaydi. Shu o‘rinda qiziq bir fakt. Agar bu turnirda Janubiy Koreya g‘alaba qozonsa, jamg‘argan ochkolari ortadi va avtomat ravishda birinchi savatchadan o‘rin egallash huquqini qo‘lga kiritadi. Umid qilamiz-ki, bizni (U20) jamoamiz bunga imkon qoldirmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!