Uaylder - Ortis revansh jangi qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

  • 29 may, 2019, 22:12
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Unga ko‘ra, WBC versiyasi bo‘yicha Jahon chempioni amerikalik Deontey Uaylder 2019 yilning 28 sentyabrida o‘z kamarini himoya qiladi. Shu kuni unga kubalik Luis Ortis raqiblik qiladi.

Uaylderning o‘zi Ortisga qarshi revansh jangiga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, bu bokschilar 2018 yilning bahorida ham o‘zaro duch kelishgan va o‘sha jangning 10-raundida Uaylder raqibini nokautga uchratgan edi.

Qayd etish joiz, joriy yilning may oyida Uaylder Dominik Brizilni birinchi raundda nokaut etish orqali kamarini himoya qilgan edi. Ortis esa o‘zining faoliyatidagi ilk va yagona mag‘lubiyatini aynan Uaylderdan qabul qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!