Uaylder: Entoni omon qolish uchun barcha narsani qildi. Bu Klichkoning usuli
og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder WBA, WBO, IBF va IBO yo‘nalishlari chempioni Entoni Joshua va sobiq jahon chempioni Endi Ruis o‘rtasida kechgan revansh jang borasida fikr bildirdi.
"Joshua g‘alaba uchun nima qilish kerak bo‘lsa, barchasini qildi. U ringda yugurib yurdi va butun jangni velosipedda o‘tkazgandek bo‘ldi.
Aslida u Klichkoga o‘xshadi. Jeb-klinch, bu Klichkoning usuli. Ushbu kechada qilgan ishi faqat shu bo‘ldi. Klichko usuli.
Aslida Entoni omon qolish uchun barcha narsani qildi. Bu ham Klichko usuli. Farq shundaki, menda jangchi, qirol, imperator va yirtqich hayvon usullari bor," - dedi Uaylder.
Fikrlar