Uch futbol konfederatsiyasi FIFAga qarshi choralar tayyorlamoqda
The Times nashri yozishicha, bunday stsenariy FIFA prezidenti Janni Infantino 2027 yilda yana shu lavozimga nomzodini qo‘yishga qaror qilgan taqdirda ko‘rib chiqilmoqda. Manba ma’lumotiga ko‘ra, uch qit’a konfederatsiyasi rahbarlari bosim o‘tkazishning boshqa yo‘llarini ham muhokama qilmoqda.
Ular orasida FIFA kengashi majlislarini boykot qilish, shuningdek, tashkilotning ayrim qarorlarini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortish kabi choralar bor. Bu harakatlarning asosiy maqsadi – FIFA rahbariyatini almashtirish.
Qayd etilishicha, munosabatlar keskinlashuviga Infantinoning jahon chempionati bo‘yicha ayrim tijorat huquqlarini xususiy investorlar sotish tashabbusi sabab bo‘lgan. Ushbu g‘oya bir qator futbol konfederatsiyalari va milliy federatsiyalar noroziligiga sabab bo‘ldi.

Fikrlar