Uchta superklub bir futbolchini nishonga oldi

  • 20.01.2021 17:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Arsenal” himoyachisi Ektor Belerin tez orada klubini almashtirishi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, 25 yoshli himoyachini “Barselona”, “Yuventus” va PSJ o‘z safiga chorlamoqda. Bu klublar ispaniyalik futbolchini yozgi transferlar vaqtida xarid qilishni rejalashtirgan va mavsum oxiriga borib kurash qizg‘in kechishi kutilyapti.

Ektor Belerin Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Arsenal” bu futbolchini o‘n yil muqaddam 16 yasharligida 500 ming evroga sotib olgan. “Kanonirlar” bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyunigacha davom etadigan Belerinning hozirgi narxi qariyb 30 million evroni tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!