
UEFA “Barsa” bosim qilayotgan hakam taqdirini hal qildi
Evropa Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvida “Barselona” futbolchilari “Inter”dan qo‘shimcha vaqtda mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etishga majbur bo‘ldi.
Biroq kataloniyaliklar o‘z muvaffaqiyatsizligida uchrashuvni boshqargan polshalik referi Shimon Martsinyakni ayblamoqda.
Evropa futbol assotsiatsiyalari uyushmasi – UEFA “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik va bir necha o‘yinchilar tomonidan tanqid ostig olingan hakamni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Marca nashrining yozishicha, xalqaro tashkilot mutasaddilari bo‘lib o‘tgan uchrashuv bo‘yicha Shimon Martsinyakka hech qanday e’tiroz yo‘qligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, dramatik tarzda kechgan o‘yindan keyin ispaniyaliklar himoyachisi Inigo Martines Martsinyak boshqaruvdagi hakamlikni sharmandalik ekanini ta’kidlagan edi. Bosh murabbiy Xans-Diter Flik esa, uchrashuvdagi barcha qarorlar “Inter” foydasiga chiqarilganini da’vo qilgan.
Fikrlar