UEFA Buffonni jazolashi mumkin
Evropa futbol uyushmalari assotsiatsiyasi (UEFA) “Yuventus” darvozaboni Janluiji Buffonga intizomiy jazo qo‘llash bo‘yicha ish ochdi.
11 aprel kuni “Yuventus” safarda “Real”ni 3:1 hisobida mag‘lub qildi, biroq turnirning yarim finaliga chiqa olmadi. Sababi turinliklar birinchi uchrashuvda 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu qo‘shib berilgan daqiqalarda penaltidan darvozani ishg‘ol qilgan. Shundan so‘ng Buffon uchrashuv bosh hakami Maykl Oliver bilan tortishgani uchun maydondan chetlatilgan.
Bu qizil kartochka 40 yoshli futbolchining EChL uchrashuvlaridagi ilk chetlatilishi bo‘ldi. U shu vaqtga qadar 117 o‘yin o‘tkazgan. Mazkur holat bo‘yicha ish 31 may kuni ko‘rib chiqiladi.



Fikrlar