UEFA mehmondagi gol qoidasini butunlay bekor qilmoqchi

  • 29.05.2021 00:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

So‘nggi xabarlarga qaraganda, UEFA o‘zi o‘tkazadigan musobaqalarda safardagi gol qoidasini butunlay bekor qilishi mumkin.

Ushbu masala UEFA klublar musobaqalarini tashkil etish qo‘mitasining 28 may kungi yig‘ilishida muhokama qilindi. Qo‘mita a’zolari mehmonda urilgan gol qoidasini bekor qilishga qaror qilishdi.

Endi ushbu qaror kuchga kirishi uchun UEFA ijroiya qo‘mitasining roziligi kerak.

Eslatib o‘tamiz, mehmondagi gol qoidasi 56 yildan beri mavjud. Unga ko‘ra, Evropa musobaqasidagi ikki o‘yindan iborat qarama-qarshilikda hisob teng bo‘lsa, safarda ko‘proq gol urgan jamoa keyingi bosqichga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!