
UEFA Superkubogi. "Real" nechanchi bor ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi?
Xabaringiz bor, "Real" UEFA Superkubogida "Atalanta"ni 2:0 hisobida mag‘lub qildi.
Shu tariqa, madridliklar o‘z tarixida 6-bor UEFA Superkubogi g‘olibiga aylandi. Keyingi o‘rinlarda esa "Atletiko", "Barselona" va "Liverpul" turibdi (3 tadan).
"Real" so‘nggi marta 2022 yili Superkubok uchun "Ayntraxt" bilan kuch sinashgan va o‘shanda ham 2:0 hisobida zafar quchgandi.
Fikrlar