
UEFA yilning eng yaxshisi bo‘lish uchun yakuniy uchta futbolchi va murabbiy nomini e’lon qildi (foto)
UEFA o‘tgan 2022/2023 yilgi mavsumning eng yaxshilarini saralashni boshladi. Tashkilot rasmiy saytida eng yaxshi futbolchi va eng yaxshi murabbiy bo‘lish uchun yakuniy 3 nomzod nomlari keltirib o‘tildi.
Eng yaxshi futbolchi bo‘lish uchun Kevin De Bryuyne, Lionel Messi va Erling Xoland kurash olib boradi. Mavsum murabbiyligi uchun Xosep Gvardiola, Simone Indzagi va Luchano Spalletti ismlari qayd etilgan.
Yakuniy qaror 31 avgust kuni Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi oldidan ma’lum qilinadi.
Fikrlar