UEFA yozgi transferlar mavsumini muddatidan oldin yopishi mumkin
Myunxenning “Bavariya” klubi boshlig‘i Karl-Xaynts Rummenigge yozgi transferlar mavsumi 31 avgust kuni yopilishidan norozi. Uning so‘zlariga ko‘ra, UEFA buni ertaroq yopishi kerak.
– UEFA oldin ham shunday qilgan. Yozgi transferlar mavsumi milliy chempionatlar boshlanmasidan oldin ham yopilgan. Bu biroz kulguli tuyulishi mumkin, – deydi Rummenigge Goal nashriga.
Rummenigge shuningdek, Evropa klublari bu muammoni UEFAga etkazishlar zarur. Avvalroq bu taklifni Dortmundning “Borussiya” klubi ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vattske bildirgan edi.

Fikrlar