Ueyn Runi aslida "Chelsi" a’zosi bo‘lishi kerak edi, ammo birgina "salfetka" hammasini o‘zgartirib yubordi!

  • 20 sentabr, 2021, 12:10
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2021 yilning yanvar oyida Runi butsalarini mixga ilganini rasman e’lon qildi. Uning so‘nggi manzili "Derbi Kaunti" klubi bo‘ldi. Qahramonimiz hozir ham o‘sha klubda, biroq murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda. O‘tgan mavsumda "Derbi" omad evaziga Chempionshipda jon saqlab qolishni uddaladi. Hozirda klub 24 jamoa bahs olib boradigan ligada 16-pog‘onada ketmoqda.

Tecno

Tan olish lozim, "Derbi" hozirda moliyaviy qiyin ahvolda. Boz ustiga, transfer taqiqi ham jamoani ancha qiynab qo‘ydi. Shunga qaramay, ligada jon saqlab qolgani uchun Ueyn Runiga ishonch kreditlari taqdim etilgan. Sobiq futbolchining o‘zi ham murabbiy sifatida maza qilib ishlayotganini yashirib o‘tirmayapti.

O‘tmishga nazar

ko‘2l3ko‘2l3o‘kl

Yaqindagina qahramonimiz BBC saytida e’lon qilingan "Toni  bilan podkast" loyihasi mehmoni bo‘ldi. Sobiq bokschi Toni Bellyu bilan suhbat chog‘ida, Ueyn faoliyatidagi eng qiziqarli voqealarni yodga oldi.

2004 yilda Runini Angliyaning barcha grandlari o‘z safida ko‘rishni orzu qila boshladi. Bu paytga kelib, yosh hujumchi "Everton" safida 2 ta to‘liq mavsumni o‘tkazishga ulgurgan edi. 2004 yildagi Evropa chempionatidan so‘ng, unga bo‘lgan talab keskin oshib ketdi. "Everton" o‘z davrining eng iqtidorli futbolchisini uzoq ushlab qolishga qodir emasligini anglagach, transferdan katta summa ishlab olishga qaror qiladi.

Yozda "irischilar"ga rasman "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" hujumchi uchun 20 million funt taklif qiladi. Ko‘plab ingliz muxlislari Ueyn jamoadan ketish orzusida bo‘lgan, deb hisoblaydi. Vaholanki, hujumchi hammasi qanday bo‘lganini so‘zlab berdi.

"Evro-2004"dan so‘ng, menga takliflar yog‘ilib kela boshladi. "Everton" moliyaviy qiyin ahvolda bo‘lgani bois, meni transferga qo‘yishini ma’lum qildi. 18 yosh bo‘lganim uchun, jamoadan ketishni istamadim. Keyingi klubimda meni nimalar kutayotgani tashvishga solgani rost.

Klubim meni transferga qo‘ygani rasman e’lon qilingach, juda xafa bo‘ldim. "Irischilar"ni yangi darajaga olib chiqish orzusida edim. Jamoa rahbarlari meni 30 million funt evaziga sotib yuborish maqsadida grand klublarga o‘zlari taklif yuborgan".

Ko‘p o‘tmay, "Everton" rahbariyati Runiga "Chelsi" bilan shartnoma imzolashini aytadi. Hujumchini bu yangilik hech ham xursand qilmadi. U o‘ylab o‘tirmay, rahbariyatga qarshi isyon ko‘taradi!

roone

"Londonga ko‘chib o‘tishni avval boshidan istamaganman. Shu bois, qaerda to‘p surishimni o‘zim hal qilaman, deb klub rahbariga aytganman. Keyinroq ma’lum bo‘ldi. Abramovich mening transferim uchun "Everton"ga o‘sha davr uchun fantastik summa taklif etgan ekan. Klub prezidenti xonasidan chiqib, to‘g‘ri bazamizdagi oshxonaga yo‘l oldim.

Menga aytishlaricha, transferimga ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lsam, meni qo‘yib yuborishlarini rasman talab qilishim kerak ekan. Shu bois, stol ustida turgan "salfetka"ni oldim va quyidagi so‘zlarni yozdim:
"Men Ueyn Runiman. Meni transfer oynasida sotib yuborishlarini so‘rab, "Everton"ga rasmiy taklif bilan chiqdim".

Qo‘limdagi "hujjat" bilan to‘g‘ri Devid Moyesning xonasiga bordim. Qo‘limdagi "qog‘oz"da yozilgan so‘zlarni o‘qigach, Moyes jim bo‘lib qoldi. U nima istayotganimni tushundi. To‘g‘risi, o‘sha payt o‘zimni burchakka qadalgan ojiz yigitdek his etganman. Nima ham derdim, bu futbol!"

2014 yilning 31 avgust sanasida Runi o‘zi istaganidek "Manchester Yunayted" a’zosiga aylandi. "Qizil iblislar" uning transferi uchun "Everton"ga 20+7 million funt to‘lab beradigan bo‘ldi. Ueyn o‘z orzusi uchun 18 yoshida butun boshli "Everton" rahbarlari bilan kurash olib borib, yakunda g‘olib chiqadi. Uning qaysarligi faoliyatidagi eng to‘g‘ri qaror bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. Angliyaning eng sovrindor klubi safida u 559 o‘yinda maydonga tushdi va 253 gol kiritib, jamoa tarixidan o‘rin egalladi. APL va EChLda zafar quchdi. Bir necha barobar Angliyada yil futbolchisi, deb e’tirof etildi. Butun futbol olamiga aynan "qizil iblislar" libosida tanildi!

2017 yilda u sobiq jamoasi "Everton" bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Vazifasini o‘tagach, MLSga ravona bo‘ldi.

"Everton" atayin Runini jarohatdan forig‘ bo‘lishini kechiktirgan!

"Manchester Yunayted" afsonasi suhbat davomida boshqa sirlarni ham oshkor qildi. 2004 yildagi Evropa chempionati. Portugaliyaga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida jarohat olgani bois, maydonni tark etadi. Portugaliya penaltilar seriyasida omadliroq chiqqani bois, musobaqani davom ettiradi. Ueyn esa, ta’tilni Barbados orolida o‘tkazib, Angliyaga qaytadi. U Liverpulga kelishi bilan jarohatidan forig‘ bo‘lish maqsadida jamoa shifokori bilan uchrashadi.

o‘3l4o‘pl3o‘4pl

"Shifokor meni klub davolamoqchi emasligini aytdi. Bunga yana jarohat olsam, transferim barbod bo‘lishi xavfi bor ekanligi vaj qilib ko‘rsatildi. Futbolda shunaqasi ham bo‘lib turar ekan". Qahramonimiz MYuga o‘tgachgina, to‘liq sog‘ayib yana safga qaytdi. U deyarli bir oy davomida jamoasiga yordam bera olmadi. 2004 yilning 28 sentyabr sanasidagina Runi "Fenerbaxche" bilan o‘yinda debyutini o‘tkazdi. Xet-trik va assist! Bunday stsenariyni kinolarda ham kam uchratasiz, shunday emasmi?! Nima bo‘lgan taqdirda ham, "Old Trafford"ni bejizga "orzular teatri" deb atashmaydi!

"Salfetka" - futbolda alohida o‘ringa ega!

Bu futbol olamidagi "salfetka" bilan bog‘liq yagona voqea emas. Asrimiz boshida (2001) Florentino Peres Zayniddin Zidanga birinchi taklifni shu tariqa berganini bilasizmi? "Real" prezidenti frantsuz bilan ovqatlanib bo‘lgach, "salfetka"ga ""Real"da to‘p surishni istaysanmi?" deb yozadi. Buni o‘qigan ZiZu rozi ekanligini aytadi.

Bundan bir yil avvalroq, futbol olamida yana bir ulkan voqea sodir bo‘ladi. Yana biz ko‘pincha e’tibor qilmaydigan narsa asosiy sabab bo‘lgan. "Barselona"ning o‘sha davrdagi sport direktori Karlos Reshar yosh Messining o‘yinidan shu qadar ta’sirlanadiki, uni tezroq jamoaga jalb etish uchun "salfetka"ga uni klub akademiyasiga qabul qilingani haqidagi hujjatni "rasmiylashtiradi"! Bu "hujjat" ko‘p o‘tmay, notariuslar tomonidan rasmiy, deb tan olingach, Leo dadasi bilan Ispaniyaga ko‘chib o‘tadi. Uyog‘i nima bo‘lganini yaxshi bilasiz. Aslida, bu umuman boshqa hikoya...

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!