Ueyn Runi Mbappega maslahat berdi

  • 19 dekabr, 2022, 22:48
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Di-Si Yunayted" bosh murabbiyi Ueyn Runi Kilian Mbappega PSJni tark etishni maslahat berdi.

"Menimcha, u hozirgi jamoasini tark etib, Premer-ligaga ketishi ketishi kerak. PSJ katta klub.

Ammo Kilian "Liga 1"da hamma narsaga erishdi. Balki, u "Manchester Yunayted" yoki "Real" Madridga o‘tishi kerak.

Agar Mbappe Ronaldu va Messi darajasiga chmqmoqchi bo‘lsa, albatta, bu ikki jamoadan biriga o‘tishi kerak deb o‘ylayman", - dedi MYuning sobiq hujumchisi "Sports 18" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 20 dekabrda 24 yoshni qarshilaydigan frantsiyalik forvard mana shu yilning yozgi transferlar vaqtida "qaymoqranglilar" safiga qo‘shilishni istamagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!