UFC 236. Israel Adesanya UFC o‘rta vazn chempioni

AQShning Atlanta shtatida UFC 236 turnir bo‘lib o‘tgani haqida avvalroq xabar bergandik.

Turnir doirasida Israel Adesanya Kelvin Gasteluma bilan kuch sinashdi. Hakamlar qaroriga ko‘ra, Israel 48-46 hisobi bilan Gastelumani er tishlatdi va UFC o‘rta vazn vaqtinchalik chempioniga aylandi.

Ma’lumot uchun, Israelning MMA doirasidagi rekordi 17-0, Kelvin esa yakkakurashlardagi faoliyati davomida 20 bahslarda oktagonga ko‘tarilib 4 marta mag‘lubiyatga uchragan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!