UFC 270: Ikki asosiy jang ham to‘liq 5-raund davom etdi

  • 23.01.2022 11:19
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xozirgina UFC 270 turniri o‘z yakuniga etdi. Jang kechasining ikki markaziy va titul uchun to‘qnashuvi to‘liq 5 raund davom etdi. Ikkinchi asosiy bahsda super engil vazn toifasi vakillari Brendon Moreno hamda Deyveson Figeredo to‘qnash keldi. Bu ularning 3-jangi edi. Dastlab durang qayd etilgan bo‘lsa, 2-bahsda Moreno sabmishen evaziga g‘alaba qozongandi. Bu safar esa, to‘liq davom etgan to‘qnashuvda Deyveson Figeredo ochkolar hisobida g‘alabaga erishib, chempionlikni yana qaytarib oldi.

Kechaning markaziy jangida esa og‘ir vazn toifa vakillari amaldagi chempion Frensis Ngannu da’vogar Siril Ganga qarshi bahs yuritdi va so‘ngi 3 raunddagi "teyk-daun" va "parter"dagi harakatlar tufayli Ngannu chempionlikni o‘zida saqlab qolgan holda, g‘alabaga erishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!