
"UFC 270" turniriga ham oz muddat qoldi. To‘liq juftliklar bilan tanishing!
Kirib kelgan yangi yilning ilk oyida UFC promousheni yana bir super jang kechasini tuhfa etadi. Ya’ni, 22 yanvar (Toshkent vaqti bilan 23 yanvarga o‘tar kechasi) kuni "UFC 270" turniri tashkil etiladi. Markaziy jangda og‘ir vazn toifasi chempioni Frensis Ngannu o‘z titulini Siril Gandan himoya qiladi. Qolaversa, Brenden Moreno va Deyveson Figeredo o‘rtasidagi trilogiya ham o‘rin olgan. Albatta, ushbu qarama-qarshilik ham o‘ta engil van toifasi chempionligi uchun bo‘ladi. Shuningdek, bir qator qiziqarli to‘qnashuvlar ham bo‘lib o‘tadi. Quyida to‘liq kard bilan tanishishingiz mumkin!
Og‘ir vazn toifasi (120.2 kg)
Frensis Ngannu (Kamerun,16-3-0) - Siril Gan (Frantsiya,10-0-0)
Super engil vazn toifasi (57 kg)
Brendon Moreno (Meksika,19-6-2) - Deyveson Figeredo (Braziliya, 20-2-1)
Og‘ir vazn toifasi (120.2 kg)
Aleksey Oleynik (Ukraina, 59-16-1) - Greg Xardi (AQSh, 7-4-1)
Yarim engil vazn toifasi (66 kg)
Movsar Evloev (Rossiya, 15-0-0)- Iliya Topuriya (Gruziya, 11-0-0)
O‘rta vazn toifasi ( 84 kg)
Rodolfo Vieyra (Braziliya ,8-1-0) - Vellington Turman (Braziliya,17-5-0)
O‘ta engil vazn toifasi (61 kg)
Said Nurmagomedov (Rossiya,15-2-0) - Kodi Stemenn (AQSh, 15-4-1)
Yarim o‘rta vazn toifasi (77 kg)
Maykl Morales (Ekvador,10-1-0) - Trevin Jayls (AQSh, 14-3-0)
Engil vazn toifasi (70 kg)
Mett Frevola (AQSh, 8-3-1) - Jenaro Valdes (Meksika, 10-0-0)
Super engil vazn toifasi (Ayollar, 57 kg)
Viven Araudjo (Braziliya,10-3-0) – Aleksa Grasso (Meksika, 13-3-0)
O‘ta engil vazn toifasi (61 kg)
Toni Greveli (AQSh, 20-6-0) – Saymon Oliyvera (Braziliya, 17-3-0)
Super engil vazn toifasi (Ayollar, 57 kg)
Ji Yon Kim (Janubiy Koreya, 9-4-2) – Poliano Botelo (Braziliya, 8-4-0)
Yarim o‘rta vazn toifasi (77 kg)
Vorli Alves ( Braziliya,14-5-0) – Jek Della Maddalena (Avstraliya, 10-2-0)
Super engil vazn toifasi (57 kg)
Jasmin Yasudavichus (Kanada, 5-1-0) – Key Xansen (AQSh, 8-4-0)
Fikrlar