
UFC 271. Asosiy kardda kimlar jang qiladi va uni qaerda tomosha qilish mumkin?
Xabaringiz bor, 13 fevral kuni Xyustonda UFC 271 turniri bo‘lib o‘tadi. Oqshomning asosiy kardida o‘rta vazn toifasida kamar uchun Israel Adesanya va Robert Uittaker jangi o‘tkaziladi.
UFC 271 turniri Toshkent vaqti bilan 04:00da start oladi. Asosiy kard esa 08:00da boshlanishi kutilmoqda. Janglarni "Match TV" va "Match! Boets" telekanallari jonli efirda namoyish qiladi.
Shuningdek, ushbu jang kechasidan Derrik Lyuis – Tay Tuivasa, Jarred Kannoner – Derek Branson, Kayler Fillips hamda Marselo Roxo juftliklari ham o‘rin olgan.
Fikrlar