UFC 271: Jared Kannonir hamda Derek Branson jangi 2 raund davom etdi

  • 13 fevral, 2022, 09:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

AQShning Xyuston shahrida davom etayotgan "UFC 271" turnirining asosiy kardidan o‘rin olgan o‘rta vazn (84 kg) toifasidagi Jared Kannonir hamda Derek Branson o‘rtasidagi jang o‘z yakuniga etdi. 1-raundda yaxshi harakat qilgan Branson raund yakunida bo‘g‘ish uslubi bilan jangni o‘z yakuniga etkazish mumkin edi. Biroq, bunga vaqt etmay qoldi. 

Tecno

Ikkinchi raundda esa Kannonir o‘zining kuchli zarbasi bilan Bransonni muvozanatdan chiqardi va ketma-ket seriyali zarbalari bilan jang taqdirini hal qildi. Shu tariqa Kannonir navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Oldinda bizni ikki asosiy to‘qnashuv kutib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!