"UFC 327" turniri muxlislarni "afsunlab qo'ydi"!

  • 12.04.2026 11:42
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

AQShning Mayami shahrida o‘tkazilgan "UFC 327" turniri yakunlandi. Quyida e’tibor markazidagi uch jangni tahlil qilamiz.

Josh Xokit va Körtis Bleyds. Josh UFC ga bo‘ron misoli kirib keldi. Uchinchi jangini ham yorqin o‘tkazgan MMA ustasi avvalgi ikki bahslarida “yorqin performans”i uchun bonus qo‘lga kiritgan edi. Jang oldi matbuot anjumanida o‘zga imij bilan ko‘rinish bergan sportchi tresh-toklari bilan barchani o‘ziga qaratgan edi. Blaydes esa unga javob bermagandi ham. Chunki u og‘ir vazn toifasida ko‘p narsani isbotlab bo‘lgan, reytingda esa beshinchi pog‘onani egalab turgandi. Hanuz reytingga ham kiritilmagan yangi jangchini mensimagandi. "Menga pul va jang kerak, shuning uchun oktagonga chiqyapman", deb qo‘ygan edi, xolos. Xokit esa so‘kingani so‘kingan, shou qilaroq hammaning asabini buzayotgan edi. Qisqasi, Bleyds bahsga katta favorit sifatida tashrif buyurgandi.

To‘qnashuv payti ustunlik goh u taraf, goh bu tarafga o‘tdi. Ammo yaqqol ustunlik Joshda edi. Körtisning yuzi qonga belangan, boqsa, kishining rahmi kelayotgandi. Xokit bu ham yetmaganidek raqibini oktagonda ham mazah qildi. Xullas kalom, Josh chaqmoq tezligida o‘sish qayd etmoqda. Yana ikkita jangdan keyin kamar yo‘li ham ochilishi mumkin. Hozir professional MMAdagi rekordi 9-0 bo‘lib turibdi.

Azamat Murzakanov va Paulo Kosta. Jang oldidan rossiyalik sportchi agar obunachilarim 100 mingdan oshsa, braziliya bayrog‘i bilan chiqib kelaman, deb aytgandi, lekin 150 ming bo‘lib ketdi, endi raqibining bayrog‘i bilan chiqmaslik uchun boshqa bahonalar uydirdi. Kosta matbuot anjumanida faol bo‘lgan jangchilardan biri edi va hatto ingliz tilini bilmaydigan Azamatni gapirtirmadi ham. O‘tgan safar Roman Kopilovni mag‘lub qilgan sportchi bu safar Azamatni yengishini, navbat esa Xamzatga kelishini aytib o‘tgandi. Hozir 2/2 100% lik natija.

Paulo jang vaqti raqibining bosh qismiga bir necha bor yaxshigina zarba yo‘lladi va oxiri nokaut qildi. Inson ba’zan ichidagi vajohat, shijoat va energiyani tashqariga chiqarib turishi kerak. Sokinlik bilan yurib, hammasini jangda gaplashamiz deyish sportchining zarariga o‘ynashi ham mumkin.

Karlos Ulberg va Irji Prohazka. Kechaning markaziy to‘qnashuvi.  Jang startidayoq Prohazka oyoq zarbalari bilan hujumga o‘tdi va Ul’bergni bir necha bor muvozanatdan chiqardi. Aga Irji yana bir marta o‘sha nuqtaga zarba berishga ulguraganda edi... jang butunlay boshqacha tugardi.

Ul’bergni bu ketishda Irjiga raqobat qila olmaydi, chexiyalik g‘alaba qozonib bo‘ldi, deb turganimiz, Karlosning ichidan yovvoyi hayvon chiqdi. Avval chap xuk zarbasi bilan raqibini yiqitdi, ortidan parterda do‘pposladi. Birinchi raundning o‘zidayoq yangi zelandiyalik butun dunyoga men borman, deb hayqirdi.

Alqissa, muammolar juda katta bo‘lsa ham, engilgandek tuyilsangiz ham, sira taslim bo‘lman, zero hamma narsa "tugadi", deb o‘ylagan joyingizdan boshlanadi!

Azizbek G‘OZIY tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!