"UFC 328" turniri: Hamzat Chimaev "taxtdan qulaydi", Joshuа Van esa kamarini saqlab qola oldi!

  • 10.05.2026 09:55
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hozirgina AQShning Las-Vegas shahrida o‘tkazilgan "UFC 328" turniri yakunlandi. Kechaning markaziy to‘qnashuvida taniqli MMA ustasi Hamzat Chimaev amerikalik Shon Striklendga qarshi oktagonga ko‘tarildi. Quyida ushbu oqshomda qayd etilgan natijalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 

Xose Ochoa hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Kleyton Karpenter ustidan g‘alaba qozondi (30-27 x3);

Baysangur Susurkaev 3 raundda Jordan Santosni sabmishn evaziga mag‘lub etdi;

Pэт Sabatini ochkolar bo‘yicha Uilyam Gomisdаn ustun keldi;

Roman Kopylov Marko Tulioni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etdi (29-28 x3);

Jim Miller birinchi raundda Jared Gordonni bo‘gib qo‘ydi;

Grant Douson 3 raundda Mateush Rebetskinі sabmishen orqali taslim etdi;

Yaroslav Amosov ikkinchi raundda Yoel Alvaresni bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lubiyatga uchratdi;

Ateba Gotiye 2 raundda Ozzi Diazni nokautga uchratdi;

Bobbi Grin 1 raundda Stivensni sabmishn orqali taslim etdi;

Shon Bredi hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Xoakin Bakli ustidan zafar quchdi (30-25 x2, 30-27);

Aleksandr Volkov hakamlarning yakdil qarori bilan Valdo Kortes-Akostani mag‘lub etdi (30-27, 29-28 x2);

Joshuа Van Tatsuro Tayrani 5-raundda texnik nokautga uchratib, chempionlik kamarini o‘zida saqlab qoldi;

Shon Striklend ochkolar evaziga Hamzat Chimaev ustidan g‘alaba qozonib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!