"UFC 331" turniri uchun maxsus bonus va’da qilindi
UFC rahbari Dana Uayt promoushenning 331-turnirida jangchilar uchun 50 ming dollar miqdorida maxsus mukofot joriy etilishini ma'lum qildi.
"Men Paramount bilan kelishuv tuzishimdan ancha oldin ham sizlarga “Gangsterlend” seriali katta muxlisi ekanimni aytganman. Bu — televideniedagi eng kuchli seriallardan biri. Uning ikkinchi mavsumi shu juma kuni Paramount+ platformasida namoyish etiladi. Bu — Los-Anjelesdagi "UFC 331" turniridan bir kun oldin bo‘ladi.
Shuning uchun faqat bir kechaga oktagonga haqiqiy tartibsizlik ruhini olib kirishga qaror qildik. "UFC 331" doirasida “Haqiqiy xaos” nomli maxsus bonus joriy etamiz. 50 ming dollar mening fikrimcha eng munosib deb topilgan jangchiga nasib qiladi", — dedi Uayt.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 331" turniri 19 sentabr kuni AQShda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar