UFC afsonasi Jeyk Polni MMAdagi debut jangiga tayyorlaydi!
Mashhur bokschi-bloger Jeyk Pol aralash jang sanʼatlaridagi debuti oldidan UFC afsonasi Roys Greysi bilan hamkorlikda mashgʻulotlar oʻtkazish boʻyicha muzokaralarni boshladi. Braziliya jiu-jitsu ustasi va uning oila aʼzolari amerikalik sportchiga parterda ishlash sirlarini oʻrgatishi kutilmoqda.
Bu haqida MVP asoschilaridan biri Nakisa Bidarian "New York Post" nashriga bergan intervyusida maʼlum qildi.
"Pol bu qarorni qabul qilgan zahoti butunlay mashgʻulotlarga shoʻngʻidi. Kecha kechqurun biz Roys Greysi bilan suhbatlashdik, u va oilasi Polning jiu-jitsu boʻyicha tayyorgarlik jarayonida yordam berishini soʻradik. Jeyk biror ishga kirishsa, oʻziga xos tarzda unga toʻliq bel bogʻlaydi", — dedi Bidarian.
Avvalroq, Jeyk Pol boksda bir qator UFC jangchilari — Anderson Silva va Neyt Diaz ustidan gʻalaba qozongan. Blogerning oktagondagi ilk bahsi ham aynan MVP ligasi tashkil etilishi kutilmoqda.

Fikrlar