"UFC Fight Night 204". "Yangi Konor"da g‘alaba, Den Xuker yutqazdi

  • 20.03.2022 12:24
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun, 20 mart kuni Londonda "UFC Fight Night 204" turniri bo‘lib o‘tdi. 

Kechaning asosiy jangida og‘ir vazndagi Aleksandr Volkov (34-10) Tom Aspinellga (12-2) birinchi raundda yutqazib qo‘ydi. 

Shuningdek, yarim engil vazn toifasida kechgan Arnold Allen (18-1) va Den Xuker (21-12) o‘rtasidagi jang ham mudatidan avval yakunlandi. Allen birinchi raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi. 

Asosiy kardning qolgan natijalari bilan tanishing:

Peddi Piblett (18-3)  Rodrigo Vargasni (12-5) birinchi raundda mag‘lub etdi;

Gunnar Nelson (18-5-1) hakamlar qaroriga ko‘ra Takashi Satodan (16-5) ustun keldi;

Molli Makkenn (12-4) uchinchi raundda  Luana Karolinani (8-3) nokautga uchratdi;

Jey Gerbert (11-4) ikkinchi raundda Iliya Topuriyaga (12-0) nokautbilan yutqazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!