UFC juda kuchli jagchi bilan shatnoma imzoladi
O‘rta va yarim og‘ir vazn toifasida sobiq One Championship g‘olibi Rene de Ridder UFC bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda UFC Roster Tracker X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.
Gollandiyalik jangchi professional faoliyati davomida 17 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. G‘alabalarning 15 tasini muddatidan avval qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, Ridder oxirgi jangini 27 iyul kuni "UAE Warriors 51" turnirida o‘tkazib, Magomedmurad Xasaevni birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratgandi.

Fikrlar