UFC ning mega-yulduzi faoliyatini yakunlamoqchi

  • 26.04.2026 07:32
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Amerikalik UFC jangchisi Justin Getji amaldagi chempion Iliya Topuriya bilan jangdan so‘ng MMAdagi faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi.

"Nafaqaga chiqish haqida o‘ylab hech qachon oktagonga kirmaganman. Biroq endi kar’yeram yakuniga yetmoqda. Topuriyaga qarshi to‘qnashuv esa faoliyatim so‘nggida o‘zimni yana bir bor ko‘rsatish uchun katta imkoniyat. O‘sha kuni oktagonga chiqaman va qo‘limdan kelgancha shou ko‘rsataman. Nafaqaga esa ushbu bahsdan so‘ng chiqishim mumkin", - deya amerikalikning so‘zlarini keltirdi "Bloody Elbow".

Eslatib o‘tamiz, Justin Getji va Iliya Topuriya to‘qnashuvi 14 iyun kuni "UFC White House" turnirida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!