UFC sobiq chempioni kamar uchun jang qilmoqchi
Bu haqida MMAchining murabbiyi aytib o‘tdi
UFC sobiq chempioni Drikus Dyu Plessining murabbiyi Morn Visserning aytishicha, janubiy afrikalik MMA ustasi 2027 yil fevral yoki mart oyida o‘rta vazn toifasida oktagonga qaytishga tayyor.
"Biz fevral oxiri yoki martda o‘rta vazn toifasida oktagonga chiqishga tayyormiz. Menimcha, kamar uchun Drikus va Nassurdin Imavov o‘rtasidagi jang tashkil qilinishi kerak.
Boisi Imavov ajoyib g‘alabali seriyasiga ega va titul jangiга loyiq ekanini isbotladi. Drikus esa qattiq mashg‘ulot o‘tkazyapti va ajoyib formada. U g‘alabalarga chanqoq va chempionlik kamarini qaytarib olishga tayyor.
Biz aynan shu to‘qnashuvni xohlaymiz va belgilangan sanagacha tayyor bo‘lamiz. Hozirgi vaziyatda tashkil qilinishi eng mantiqiy bo‘lgan jang ham shu", — dedi Visser.
Izohlar (0)