UFC sobiq jangchisi AQSh prezidenti bo‘lmoqchi
UFC sobiq jangchisi Cheyl Sonnen 2028 yilda AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yishni rejalashtirmoqda.
"Men 2028 yildgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun o‘z ma’muriyatimni shakllantirishning dastlabki bosqichida turibman. Agar hammasi muvaffaqiyatli amalga oshsa, keyingi ish joyim Oq Uy bo‘lar...", - deb yozdi Cheyl X ijtimoiy tarmog‘ida.

Ma’lumot uchun, 49 yoshli Sonnen hozirda mashhur tahlilchi va MMA tarixidagi eng yaxshi tresh-tokerlardan biri hisoblanadi. U siyosatda allaqachon tajriba ega: 2010 yilda Cheyl Oregon shtatidagi Vakillar palatasi uchun saylovda g‘alaba qozongan, ammo pul yuvish bilan bog‘liq huquqiy muammolar tufayli poygadan voz kechishga majbur bo‘lgan. Shuningdek, Sonnen avvalroq, Oregon gubernatori lavozimiga nomzodini qo‘yish niyatida ekanini ham ma’lum qilgan edi.

Fikrlar