UFC yana ikkita super jang sanasini e’lon qildi
Xabaringiz bor, ayni damda "UFC 272" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Hozir yana ikkita katta jang rasman tasdiqlandi va sanasi e’lon qilindi.
Eng raqobatli hisoblangan engil vazn toifasi chempioni Charlz Oliveyra va 1-raqamli da’vogar Jastin Getji 8 may kuni "UFC 274" turnirida to‘qnash keladi.
10 aprel kuni "UFC 273"da Xamzat Chimaev va Gilert Byorns o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tadi. Garchi chempionlik maqomi bo‘lmasa ham ushbu jangda Chimaev qatnashishi e’tiborni tortmoqda.

Fikrlar